AsosiySiyosat

Mirziyoyev Tojikistonga nima uchun keldi?

Davlat rahbari Dushanbega Tojikiston Bosh vaziri tomonidan kutib olindi.

'Mirziyoyev Tojikistonga nima uchun keldi?'ning rasmi

Bugun, 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikiston Respublikasi poytaxti — Dushanbe shahriga bordi.

Davlat rahbarini Dushanbe xalqaro aeroportida Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiylar tantanali tarzda kutib oldi.

Tashrif doirasida Prezident Mirziyoyev "Markaziy Osiyo — Rossiya" formatidagi ikkinchi sammitda hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ushbu uchrashuvlarda mintaqaviy hamkorlik, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy aloqalar va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

    Boshqa yangiliklar