AsosiyJamiyat

Toshkent va Farg‘onada yirik giyohvandlik holatlari fosh etildi

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ko'zgatilgan.

'Toshkent va Farg‘onada yirik giyohvandlik holatlari fosh etildi'ning rasmi

Toshkent shahri, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar organlari hamda Bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq bir necha holatlar aniqlandi.

Jumladan, Boʻstonliq tumanida yashovchi besh nafar aka-ukalarning yashash xonadonidan 9 kg dan ortiq marixuana, kanabis, sovuq va pnevmatik qurollar, oʻq-dorilar musodara qilindi. Eng achinarlisi, ular orasida 2003 yilda tugʻilgan ikki nafar yosh yigit ham bu ishga jalb qilingan.

Shuningdek, Yunusobod tumanida "Sobalt" rusumli avtomashina salonda 967 gramm "gashish", undan keyin usbu holatga aloqador yana bir shaxsdan 1 kg 992 gramm narkotik moddasi topildi.

Fargʻona tumanida esa 1956 yilda tugʻilgan fuqaroning xonadonidan 6880 dona "Zardeks" kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi musodara qilindi. Ular Qirgʻiziston orqali noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingani aniqlandi. Dorilarning umumiy qiymati 412 million soʻmni tashkil qiladi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmogʻda.

    Boshqa yangiliklar