AsosiyJamiyat

Toshkentda 17 yoshli yigit YTH sodir etib, sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Yigit akasining mashinasini ruxsatsiz olib chiqib, "avariya"ga uchragan.

'Toshkentda 17 yoshli yigit YTH sodir etib, sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi'ning rasmi

"Avariya" oqibatida mashina saloniida bo'lgan sinfdoshi halok bo'ldi. Bu haqda "Milliy" telekanali ma'lum qildi.

Hodisa 2025 yil 25 mart kuni, Ramazon hayiti paytida ertalabga yaqin sodir bo'lgan. O'quvchi akasining Tracker avtomobilini olib, soatiga 137 km tezlikda haydagan. Yo'lda boshqaruvni yo'qotgan u ikkita mashina va ustunga borib urilgan. Urilish oqibatida sinfdoshi salondan uchib ketib, voqea joyida vafot etgan.

Sud jarayonida ayblanuvchi quyidagicha ko'rsatma berdi:

"Do'stlarim chaqirganidan keyin akamning mashinasi kalitini oldim. Avtomobillarga qiziqardim. Bunday holat boshqa takrorlanmaydi. Qilgan ishimdan qattiq afsusdaman." 

Sud 17 yoshli yigitni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport harakati xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida inson o'limiga sabab bo'lish) bo'yicha aybdor deb topdi. Unga 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Keyinchalik sud jazoni qayta ko'rib chiqib, 3 yillik shartli ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:03

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:35

    'Oʻzbekistonda 8 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan narkotarmoq fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat 11.10.2025 22:20

    Oʻzbekistonda 8 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan narkotarmoq fosh etildi

    "Deadpool" nomli Markaziy Osiyodagi yirik Telegram narkodukonining tarqatuvchilari qo'lga olindi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.10.2025 20:20

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.10.2025 19:04

    'Rossiyada qarovsiz qolgan 6 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 11.10.2025 17:28

    Rossiyada qarovsiz qolgan 6 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekistonga qaytarildi

    Bolalardan biri 3 yildan beri onasidan ayro tarzda otasi bilan yashab kelgan.