Bugun, 13 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Uchrashuv Malayziyadagi “Hang Jebat” stadionida soat 17:45 da start oladi. Raqib — dunyo futbolidagi kuchli jamoalardan biri sanaladigan Urugvay.
Ushbu bahsda har ikki jamoа ham bir nechta asosiy futbolchilarisiz maydonga tushadi. Urugvay safida Valverde va Arauxo, O‘zbekiston terma jamoasida esa Fayzullayev, Yusupov, Hamrobekov va Masharipov kabi futbolchilar ishtirok etmaydi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 9 oktyabr kuni Quvaytga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Eslatib o‘tamiz, Urugvayga qarshi o‘yin uchun O‘zbekiston MTJning kengaytirilgan tarkibi oldinroq e’lon qilingan edi.