2025-yil 16-oktyabr kuni Istanbulning Bakirkoy tumanidagi 17-son og‘ir jinoyatlar sudi o‘zbekistonlik fuqaro — asli Samarqand viloyatidan bo‘lgan 22 yoshli yigit ishi yuzasidan ozod qilish haqida qaror chiqardi.
Suddaga unga nisbatan narkotik moddalar aylanishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha ayblov ko‘rib chiqildi. Bosh konsulxona diplomatlari ham sud jarayonida ishtirok etdi.
Tergovga ko‘ra, Turkiyaga Yevropadan 30 kg kokain va 800 kg psixotrop modda olib kirilgani aniqlangan. Vatandoshimiz bu jinoyatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etmagan, balki shubhali hududda ishlagani uchun qo‘lga olingan.
Sudya ish materiallarini o‘rganib chiqib, qamoqda saqlash ehtiyoji yo‘qligini bildirib, uni ozod qilishga qaror qilgan.