AsosiyJamiyat

Inflyatsiya 8 foizga pasaydi

Markaziy bank 2025 yil sentyabr holatiga ko‘ra, inflyatsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliyli infografikani e’lon qildi.

'Inflyatsiya 8 foizga pasaydi'ning rasmi

Ma'lumotlarga ko'ra, mamlakati mizda umumiy inflyatsiya darajasi 2022 yilda gi 12,3 foizdan 2025 yil sentyabr oyida 8 foizgacha pasaygan. Bu so'nggi yillarda narxlar barqarorlashib borayotganini ko'rsatadi.

Inflyatsiyasi 10 foizdan yuqori bo'lgan tovar va xizmatlar ulushi 2022 yilda 52 foiz bo'lgan bo'lsa, 2025 yil sentyabr oyida 14 foizga kamaygan. Bu esa ichki bozorda narxlar barqarorligi oshib borayotganidan dalolat beradi.

Yil davomida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narhi pasaygan. Xususan, ovqat yog'i 59,2 foiz, pomidor 31,5 foiz, sabzi 57,5 foiz, kartoshka — 8,1 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, ayrim mahsulotlar narhi oshgan. Qovoq 10,9 foiz, limon 52,6 foiz, baqlajon 22,3 foizga oshgan.

Yillik hisobda ayrim nooziq-ovqat mahsulotlari narxi ham oshgan. Xususan, propan +7,0 foiz, tabiiy gaz +11,0 foiz, fezodorant +10,5 foizni tashkil etadi.

Biroq ayrim tovarlar narhi pasaygan. Xususan, qog'oz (A4) 3,7 foiz, metan –19,3 foizga pasaygani qayd etilgan.

Xizmatlar sohasida ayrim xizmatlar narxining pasayishi kuzatilgan. Xususan, sug'urta 3,1 foiz, mikromolyaviy xizmatlar –2,6 foizga pasaygan.

Biroq quyidagi sohalarda o'sish qayd etilgan. Avtomobil haydovchilik kurslari — +73,3 foiz, transport xizmatlarida +57,8 foiz o'sish qayd etilgan.

Bir so'z bilan aytganda, iste'mol narxlari indeksi bo'yicha tahlillarga ko'ra, oziq-ovqat mahsulotlarining 68 foizi narxi o'sgan, 32 foizi pasaygan. Nooziq-ovqat mahsulotlarining 86 foizi o'sgan, 14 foizi arzonlashgan.

Xizmatlar sohasida esa 90 foiz narxlar o'sgan, 10 foizida pasayish kuzatilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yil boshidan beri qancha YTH sodir bo‘lgani ma’lum qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:12

    Yil boshidan beri qancha YTH sodir bo‘lgani ma’lum qilindi

    Hodisalarning 31 foizi inson o‘limi bilan yakunlanganini IIV ma’lum qildi.

    'Tadbirkorlar uchun jarimalarni toʻlash tartibi yengillashtirilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:07

    Tadbirkorlar uchun jarimalarni toʻlash tartibi yengillashtirilishi mumkin

    Jarimaning 50 foizini bir oy ichida to‘lagan tadbirkor qolgan qismidan ozod etilishi taklif qilindi.

    'Termizda bezorilar guruhi qo'lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:34

    Termizda bezorilar guruhi qo'lga olindi

    O‘tkir tig‘li jismlar bilan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:11

    'Turkiya: Isroil bizni yangi dushman sifatida koʻrmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:05

    Turkiya: Isroil bizni yangi dushman sifatida koʻrmoqda

    Ho‘kon Fidan Netanyaxu Turkiyani nishonga olishga urinayotganini ma’lum qildi.