AsosiyJamiyat

Navoiyada tuman FVB boshlig‘i 3000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda mansabdorqa nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

'Navoiyada tuman FVB boshlig‘i 3000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

DXX axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, "my.gov.uz" yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatga asosan, tumandagi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksining yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi haqida ijobiy xulosa berish evaziga 3000 AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs ushbu pul mablag‘ini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llandi.

    Boshqa yangiliklar