O‘zbekiston Prezidentining "Respublikaning olys hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
2026 yil 1 yanvardan 5 yil muddatga o‘rta va past orbitalli yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini O‘zbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalar doirasida:
— yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatilgan xizmatlar QQSdan stansiyalari qilinadi;
— markaziy yer stansiyalari, terminallar va yo‘ldosh aloqa infratuzilmasi ning boshqa aktiv qurilmalari joylashtirilgan telekommunikatsiya inshootlari va ularning yer maydonlari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi;
— yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari yaratilgan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatgan xizmatlari uchun foyda solig‘idan ozod qilinadi.