AsosiyJamiyat

Solıq buzilishi haqida xabar bergan fuqarolarga 24,1 mlrd so‘m mukofot to‘landi

2025 yilning 9 oyida 80 mingdan ortiq murojaat “Soliq hamkor” tizimi orqali kelib tushgan.

'Solıq buzilishi haqida xabar bergan fuqarolarga 24,1 mlrd so‘m mukofot to‘landi'ning rasmi

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga jami 24,1 milliard so‘m mukofot to‘landi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Yil boshidan "Soliq" mobil ilovasining "Soliq hamkor" tizimi orqali 82 857 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 74 970 tasi – xarid cheki bermaslik, 3 001 tasi – to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik, 184 tasi – karta uchun xarid summasini oshirish, 4 702 tasi esa boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlariga oid bo‘lgan.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlar asosida 34 196 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, ularning 98,8 foizida huquqbuzarlik aniqlangan. Natijada xabar bergan fuqarolarga 34 139 ta holat bo‘yicha undirilgan jarimalarning 20 foizi – 24,1 milliard so‘m mukofot sifatida to‘langan.

Eng ko‘p mukofot Toshkent shahri aholisi (6 mlrd 20 mln so‘m), eng kami esa Jizzax viloyati fuqarolari (733,5 mln so‘m) ulushiga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumot uchun, soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarni pul bilan rag‘batlantirish tizimi O‘zbekistonda 2022 yil boshidan joriy etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O'zbekiston va Europa Ittifoqi o'rtasida tarixiy hujjat imzolandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:00

    O'zbekiston va Europa Ittifoqi o'rtasida tarixiy hujjat imzolandi

    Bryusseldа EPCA — kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

    'Hindistonda avtobus yonib ketib, 20 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:42

    Hindistonda avtobus yonib ketib, 20 kishi halok bo‘ldi

    Yoʻlovchilar tez tarqalgan yongʻindan chiqib ketishga ulgurmagan.

    'Oʻzbekistonda qashshoqlikni qisqartirish va yangi ijtimoiy himoya modeli shaklanmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:21

    Oʻzbekistonda qashshoqlikni qisqartirish va yangi ijtimoiy himoya modeli shaklanmoqda

    2017 yildan beri olib borilayotgan islohotlar natijasida 2,3 milliondan ortiq oila ijtimoiy yordam bilan qamrab olindi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:48

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:39

    'Toshkentda bo‘lajak kuyov kelinning uyini sotib yuborib, qochib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:59

    Toshkentda bo‘lajak kuyov kelinning uyini sotib yuborib, qochib ketdi

    Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.