AsosiyDunyo

Rossiyadan nomalum yuk ortigan samolyot Venesuelaga yetib bordi

Sanktsiya ostidagi "Aviakon Siototrans" kompaniyasiga tegishli samolyot Rossiyadan Venesuelaga noma'lum yuk bilan uchib ketgani qayd etildi.

'Rossiyadan nomalum yuk ortigan samolyot Venesuelaga yetib bordi'ning rasmi

FlightRadar24 ma'lumotlariga ko'ra, Il-76TD rus samolyoti 22 oktyabr kuni Rossiyadan parvoz qilib, Armaniston, Jazoir, Marokash, Senegal va Mavritaniya orqali uchgan.

Ma'lum bo'lishicha, "Aviakon Siototrans" kompaniyasi 2023 yil yanvar oyida qurol tashish faoliyati sabab AQSh sanksiyalari ro'yxatiga kiritilgan.

Ushbu yuk tashish parvozi sobiq AQSh prezidenti Donald Trampning Venesuelada "quruqlik operatsiyasi" o'tkazish haqidagi bayonotlari fonida amalga oshirilgan.

    Boshqa yangiliklar