AsosiySiyosat

Finlandiya Prezidenti O‘zbekistonga keladi

Aleksandr Stubb O'zbekiston yetakchisi bilan xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar bo'yicha fikr almashadi.

'Finlandiya Prezidenti O‘zbekistonga keladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb 29 oktyabr – 1 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.  Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Finlandiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.  O‘zaro savdo hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, kimyo, energetika, raqamlashtirish, tog‘-kon sanoati va boshqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratiladi. Mehnat migratsiyasi, madaniyat, ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish sohalarida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi.  Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, ko‘p tomonlama tuzilmalarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashiladi.

    Boshqa yangiliklar