Mashhur san'atkor o‘z ijodi davomida ko‘plab teatr va kino asarlarida yorqin rollar ijro etgan, milliy san'at rivojiga katta hissa qo‘shgan edi.
Yo‘qub Ahmadov 1938 yil 3 yanvarda Namanganda tug‘ilgan. Toshkent san'at institutini tugatgan. 1958 yildan Hamza teatrida ishlagan.
Dastlabki yaratgan Ali Qushchi (Maqsud Shayxzoda, „Mirzo Ulug‘bek“), Murod (Uyghun, „Parvona“), Leyster (Fridrix Shiller, „Mariya Styuart“) kabi rollari bilan o‘z ijod yo‘lini belgilab olgan.






