O‘zbekistonda noyabr oyining ilk kunlarida havo sovib ketishi kutilmogda. "O‘zgidromet" bu bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 3 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-6 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmogda.
3-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.
4-6 noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 31 oktyabrda yomg‘ir yog‘adi.






