AsosiyDunyo

Pokiston Afgʻoniston bilan muzokaralarni tiklab

Muzokaralar asosan terrorizmga qarshi kurash masalasiga bag'ishlangan.

'Pokiston Afgʻoniston bilan muzokaralarni tiklab'ning rasmi

Pokiston Turkiya vositachiligida Afgʻoniston bilan muzokaralarni tikladi. Bu haqda “Zamon.uz” nashri xabar berdi.

Pokiston Turkiyaning iltimasiga binoan Afgʻoniston bilan muzokaralarni davom ettirishga rozi boʻldi. Geo News nashrining xususiy manbalarga tayanib bergan maʼlumotlariga koʻra, Pokiston tinchlik oʻrnatish uchun yana bir imkoniyat berish maqsadida muloqotni davom ettirishga qaror qilgan.

Muzokaralarning asosiy mavzusi sifatida Pokistonning Afgʻonistonda faoliyat yuritayotgan terrorchi guruhlarga qarshi aniq va samarali choralar koʻrish talabi koʻrib chiqilmogda. Avvalroq Istanbulda toʻrt kun davom etgan muzokaralar natijasiz yakunlangan edi, biroq endi Pokiston delegatsiyasi muzokaralarni davom ettirish maqsadida Istanbulda qolish muddatini uzaytirishi kutilmogda.

Bu qaror mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yoʻlidagi saʼy-harakatlarning yangi bosqichini ifodalaydi.

    Boshqa yangiliklar