AsosiyJamiyat

Isitish mavsumida tabiiy gaz iste'moli bo'yicha bazaviy me'yor 5 barobarga oshiriladi

Energetika vazirligi bu haqda xabar berdi.

'Isitish mavsumida tabiiy gaz iste'moli bo'yicha bazaviy me'yor 5 barobarga oshiriladi'ning rasmi

O‘zbekistonda isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy me’yor 4 oyga 5 barobarga oshiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, noyabr—fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart—oktabrda esa har oy uchun 100 kub metrgacha me’yor belgilangan.

Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lgani uchun Qoraqalpog‘iston va Xorazmda oktyabr — fevral oylarida ham bir oylik limit 500 kub meter bo‘ladi.

Shu bilan birga, prezidentning tegishli qaroriga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya to‘lanadi.

Kompensatsiya quyidagicha:

Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;

Tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda 13-14 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:04

    O‘zbekistonda 13-14 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

    Ramazon oyi munosabati bilan yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumxalq xayriya hashari tashkil etiladi.

    'Nukusning ayrim mahallalarida bog'cha puli 50 foizga arzonlashadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:28

    Nukusning ayrim mahallalarida bog'cha puli 50 foizga arzonlashadi

    1 apreldan “Qaratayu” va “Bestobe” MFY aholisi uchun davlat bog‘chalarida to‘lovlarga kamaytiruvchi koeffitsient qo‘llaniladi.

    'Toshkentda FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:25

    Toshkentda FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor ushlandi

    12 қаватли турар жой мажмуасини фойдаланишга қабул қилдириш учун мансабдорга пора бермоқчи бўлган МЧЖ раҳбари қўлга олинди.

    'Duboy-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchisiz texnik reys amalga oshirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:38

    Duboy-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchisiz texnik reys amalga oshirildi

    Fors koʻrfazidagi notinchlik sabab Dubay aeroportidan yoʻlovchi olib chiqishga ruxsat berilmagan.

    'Andijonda 819 million so‘mlik oltin quymalarni noqonuniy olib chiqishga urinish fosh etildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:12

    Andijonda 819 million so‘mlik oltin quymalarni noqonuniy olib chiqishga urinish fosh etildi.

    Andijon viloyatida 473 gramm oltin quymalarini Qirgʻizistonga olib oʻtmoqchi boʻlgan ona va qiz bojxona postida toʻxtatib qolindi.

    'Mirzo Ulug'bek tumonida xonadonda yong'in yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:38

    Mirzo Ulug'bek tumonida xonadonda yong'in yuz berdi

    Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi.