AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda 42 ta maishiy chiqindi poligoni faoliyati tugatildi

90 gektarga yaqin yer maydoni tabiatga qaytarildi.

'Oʻzbekistonda 42 ta maishiy chiqindi poligoni faoliyati tugatildi'ning rasmi

Chiqqindilarni boshqarish va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi tomonidan respublika bo‘ylab, qator hududlarda chiqindi poligonlarini qisqartirish bilan bog‘liq ishlar olib borildi. Bu haqda Chiqqindilarni boshqarish va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda 2024 yil hamda 2025 yilning o‘tgan davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi jami 47 ta maishiy chiqindi poligoni rekul’tivatsiya qilindi hamda tuproq qatlamlari bilan yopish ishlari amalga oshirildi.

2024 yil hisobi quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 ta (11 gektar);Andijon viloyatida 6 ta (14,90 ga);

Buxoro viloyatida 1 ta (0,50 ga);

Qashqadaryo viloyatida 5 ta (19,15 ga);

Namangan viloyatida 3 ta (5,38 ga);

Samarqand viloyatida 1 ta (2,40 ga);

Toshkent viloyatida 3 ta (9,58 ga);

Farg‘ona viloyatida 6 ta (17,11 ga)

Xorazm viloyatida 1 ta (1 ga).

2025 yil bo‘yicha raqamlar quyidagicha:

Respublika miqyosida jami 18 ta (81,68 gektar) qattiq maishiy chiqindi poligonida rekul’tivatsiya va tuproq qatlami bilan yopish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda ularda ishlar yakuniga yetdi.

Shu o‘rinda, jami 185 ta (1446,04 gektar) qattiq maishiy chiqindi poligonidan 47 tasida rekul’tivatsiya qilish hamda tuproq qatlamlari bilan yopish ishlari amalga oshirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Poytaxtda kvartiralar narxi qimmatladi'ning rasmi

    Jamiyat 30.10.2025 21:20

    Poytaxtda kvartiralar narxi qimmatladi

    Ko‘chmas mulkni omma baholash milliy markazi xabar qildi.

    'Isitish mavsumida tabiiy gaz iste'moli bo'yicha bazaviy me'yor 5 barobarga oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 30.10.2025 19:03

    'Finlandiya Prezidenti Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Jamiyat 30.10.2025 16:51

    Finlandiya Prezidenti Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    Uch ming yillik tarixni bugungi avlodga shu darajada zamonaviy shaklda yetkazib berish yuqok san'at va buyuk mahoratni talab etadi — Aleksandr Stubb.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 30.10.2025 15:08

    'Jizzaxda 4 kunlik kelin-quyov is gazi sabab halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 30.10.2025 14:40

    Jizzaxda 4 kunlik kelin-quyov is gazi sabab halok bo‘ldi

    Quyov 21 yoshda kelin esa 19 yoshda bo'lgan.

    '“O‘zbekgidroenergo” Fitch Ratings tomonidan “BB” darajasida tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 30.10.2025 13:55

    “O‘zbekgidroenergo” Fitch Ratings tomonidan “BB” darajasida tasdiqlandi

    "O'zbekgidroenergo" AJ xalqaro Fitch Ratings agentligi tomonidan yana bir bor "BB" darajasidagi, "barqaror" prognozli kredit reytingi bilan tasdiqlandi.