Bugun, 31 oktyabr kuni soat 00:10 da Toshkent shahri Sirg‘ali tumanida, TXAY ko‘chasida joylashgan Qo‘yliq-5 dahasi "Metro" bekati qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, 1984 yilda tug‘ilgan haydovchi I.B. boshqargan "Damas" hamda 1999 yilda tug‘ilgan O.A. boshqargan Spark avtomobili to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Damas yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Voqea yuzasidan Toshkent shahar IIB YXHB mas’ullari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmogda.






