Bugun, 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva YUNESKO bosh direktoriiga "Do‘stlik" ordeni berilgani bilan tabrikladi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.

"Kecha Samarqandda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan YUNESKO bosh direktori Odri Azule o‘rtasidagi samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda ishtirok etganimdan mamnunman.
Davlatimiz rahbari Azule xonimga fan, ta’lim, madaniyat va ommaviy axborot vositlari sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yurtimiz madaniy merosini asrash borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdagigan ulkan hissasi uchun "Do‘stlik" ordenini topshirdi.
Odri Azuleni ushbu yuqori mukofot va munosib e’tirof bilan samimiy qutlayman", — deya yozadi u.

Ma’lumot uchun, Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tmogda. Mazkur anjuman 31 oktyabrdan 13 noyabrgacha davom etadi.






