Bugun Toshkent shahrida kuchli shamol esishi kutilayotgani sababli Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.
Xususan:
— uylarda eshik va derazalarni, chordoq hamda shamollatish tizimlarini mahkam yopish;
— ko‘chada daraxt va elektrik ustunlari tagida turmaslik;
— balkon va deraza to‘kchalaridagi buyumlarni xavfsiz joyga olib qo‘yish; — shamol kuchayganda mustahkam binolar yoki yer osti yo‘laklarida panoh topish;
— zarar ko‘rgan binolarga yaqinlashmaslik, reklama taxtalari va daraxtlar orqiga yashirinmaslik tavsiya etiladi.
Shuningdek, avtomobillarni daraxtlar yoki engil konstruksiyali inshootlar ostida qoldirmaslik kerakligi uqtirildi.






