AsosiyDunyo

Yevropadagi yana bir muzeydan mingdan ortiq eksponat o‘g‘irlab ketildi

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida sodir bo‘lgan.

'Yevropadagi yana bir muzeydan mingdan ortiq eksponat o‘g‘irlab ketildi'ning rasmi

AQShning Kaliforniya shtati Oklend shahridagi muzeyda yuz bergan o'g'rilik oqibatida mingdan ortiq artefakt yo'qoldi. Bu haqda "The Oakland Side" xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning oktyabr oyi o'rtalarida sodir bo'lgan. Jinoyatchilar muzeyning asosiy binosidan tashqarida joylashgan saqlash omboriga bostirib kirgan. Ular turli buyumlarni, jumladan, zargarlik buyumlari, mahalliy amerikaliklarga oid savatlar va dagerotiplarni (ilk fotografik suratlarni) o'g'irlab ketgan.

"O'g'rilik paytida omborda xodimlar bo'lmasa-da, biroq bino ichida videokuzatuv kameralari va signalizatsiya tizimi ishlagan", deydi muzey ijrochi direktori Lori Fogarti.

Muzey xodimlari o'g'irlangan artefaktlarning umumiy qiyomatini anqilash ustida ishlamoqda. Mazkur madaniy muassasaning kolleksiyasi 2 milliondan ortiq artefaktni o'z ichiga oladi va Oklend shahriga tegishli.

    Boshqa yangiliklar