AsosiyJamiyat

5 oyda 114 mingdan ortiq haydovchiga jarima ballari qo‘llanildi

Yo'l harakati xavfsizligi xizmati jarima ballari tizimi bo'yicha statistikani ma'lum qildi.

'5 oyda 114 mingdan ortiq haydovchiga jarima ballari qo‘llanildi'ning rasmi

O‘zbekistonda 1 iyundan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushdi.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, o‘tgan besh oy davomida 114 mingdan ortiq haydovchi jarima ballari olgan, jumladan:

114 374 nafar haydovchi - 1 balldan 5 ballgacha;

6 nafar haydovchi - 5-6 ball;

1 nafar haydovchi - 7 ball;

1 haydovchi - 8 ball.

Yo‘l-transport hodisalari va qoidabuzarliklar tahliliga ko‘ra, 1 iyundan 30 oktyabrgacha bo‘lgan davrda yo‘l-transport hodisalarining umumiy soni 6,3 foizga, haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lgan avariyalar soni esa 31,2 foizga kamaygan.

"Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, jarima ballari tizimining joriy etilishi haqiqatan ham amaliy natija berdi. Chunki ular joriy etilgungacha yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha bunday ijobiy dinamika kuzatilmagan," - dedi Zoir Yo‘ldoshev.

    Boshqa yangiliklar