AsosiyJamiyat

Andijondagi maktabda spirt ichgan fuqaro vafot etdi

Holaт yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

'Andijondagi maktabda spirt ichgan fuqaro vafot etdi'ning rasmi

Andijon shahridagi 36-umumta’lim maktabida texnik spirt iste’mol qilinishi oqibatida bir kishi vafot etib, yana uch kishi zaharlangani haqida xabar berilgan edi. Andijon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unday aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan holat o‘rganilganda joriy yilning 22 oktyabr kuni 17:00 larda maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’uli, Chaqiruvgacha boshlangich tayyorgarlik rahbari, qorovul va bir nafar o‘qituvchi darsdan keyin kechki ovqatlanish jarayonida texnik spirtni iste’mol qilgani aniqlangan.

Ushbu holatda maktab direktori vazifasidagi F.R (ayol kishi) ishdan so‘ng uyga qaytgan va ushbu jarayonlarda ishtirok etmagan.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayotbek Shamsiddinov holatni tasdiqlagan.

Hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmogda. Voqea sabablari va boshqa tafsilotlar aniqdanmoqda.

    Boshqa yangiliklar