AsosiyJamiyat

Toshkentda 3 noyabrdan issiqlik ta'minoti yoqiladi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

'Toshkentda 3 noyabrdan issiqlik ta'minoti yoqiladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda qachondan issiqlik ta'minoti ishga tushirilishini ma'lum qildi. 

Qayd etilishicha, meteorologiya xizmati ma'lumotlariga muvofiq poytaxtda markazlashgan issiqlik ta'minoti ijtimoiy ob'ektlarda 2025 yil 3 noyabrdan, turar-joy ob'ektlarida esa 5 noyabrdan yo'lga qo‘yiladi.

Turarjoy yoki boshqa muassasalarda issiqlik ta'minoti yoqilish jarayonida biron muammo yoki issiqlik yetkazib beruvchi mas'ullar ishlarni to‘laqonli amalga oshirmayotganligi holatida 1055, 71 210-01-87 raqamlariga murojaat qilish so‘ralgan.

    Boshqa yangiliklar