Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish ehtimoli haqida gapirib, uning uchun eng katta muammo jismoniy holat va parvozlar bo‘lishini ta'kidladi.
“Hozirda menada istak bor, lekin tanamni qanday his qilishim ham muhim. Terma jamoа safida o‘ynash — doimo alohida his.
2026 yilgi chempionat yuqori darajada tashkil etiladi, ammo mamlakаtlar o‘rtasidagi uzoq parvozlar charchatishi mumkin”, — dedi Messi Fabrizio Romanoga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2022 yilda Argentina bilan jahon chempioni bo‘lgan, joriy mavsumda esa “Inter Mayami” safida 45 o‘yinda 40 gol va 19 assist qayd etilgan.






