AsosiyJamiyat

Bu yilgi yo‘l-transport hodisalarida 1 303 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Oliy Majlis Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida 2025 yilning 9 oyi davomida mamlakatsda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari tahliili e’lon qilindi.

'Bu yilgi yo‘l-transport hodisalarida 1 303 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi'ning rasmi

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burxonov maʼlum qilishicha, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida respublika boʻylab 5 895 ta yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 foiz yanvar–sentabr statistikaga koʻra, 4592 nafar kishi tan jarohati olgan, 1303 kishi esa halok boʻlgan.

Piyodalar ishtirokidagi YTHlar soni esa 2 689 tani tashkil etib, 5,8 foizga qisqargan.

Qutbiddin Burxonovning taʼkidlashicha, bu natijalarga haydovchi va piyodalar madaniyatining oshishi, yoʻl harakati tizimining raqamlashtirilishi hamda haydovchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish orqali erishilgan.

Senat qoʻmitasi yoʻl harakati xavfsizligida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilayotganini qayd etgan, biroq profilaktika, texnik nazorat hamda axborot-tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish zarurligini ham taʼkidlagan.

    Boshqa yangiliklar