AsosiyDunyo
4963

Qrimlik erkak muzlagan ko`lga sakrab, cho`kayotgan itni qutqardi (Video)

Kunning sovuq bo`lishiga qaramay, muzlagan ko`lga cho`kayotgan itni qutqarish uchun sakragan erkakni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari “chiniqqan qahramon”, deb atashdi, deya xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Ko`lning ustidagi yupqa muzda yurib ketayotgan it, muz yorilishi oqibatida ko`lga quladi. Itning o`zi mustaqil ravishda suvdan chiqa olmagach, uni qutqarish uchun ko`l bo`yidagi erkak o`ylanib o`tirmay, echingancha suvga sakradi. Voqeani guvohlar videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Erkak o`zini yaxshi his qilmoqda, u tibbiyot xodimlariga murojaat etmadi.

Boshqa yangiliklar