AsosiyBu qiziq

Dunyodagi eng uzun daryolar qaysi?

Ilk tsivilizatsiyalar beshigidan to zamonaviy gidroenergetika manbalarigacha — daryolar insoniyat tarixida iqtisod va madaniyatning asosiy tayanchi boʻlib kelgan.

'Dunyodagi eng uzun daryolar qaysi?'ning rasmi

Visual Capitalist eʼlon qilgan infografika Yerdagi eng uzun 15 daryoni koʻrsatadi. Unda har bir suv tizimining uzunligi va necha mamlakat hududidan oqishi aks etgan.

Bir necha oʻn yillar davomida 6 650 km uzunlikka ega Nil "dunʻyoning eng uzun daryosi" deb hisoblanib kelgan. Biroq soʻnggi tadqiqotlar Amazonka daryosi — agar uning manbai Perudagi Apurimaq sifatida qabul qilinsa — 6 990 km uzunlikka yetishi mumkinligini koʻrsatgan.

Osiyo reytingda yettita daryo bilan yetakchilik qilgan. Shular qatorida Yanszi, Xuangxe, Mekong va Amur kabi suv oqimlari mintaqaning ulkan hududi va togʻli manbalarining koʻpligini ifodalaydi.

Shu bilan birga, Avstraliya va Antarktidadа 3200 km dan uzun daryo yoʻq — ularning koʻpchiligi mavsumiy yomgʻirlarga bogʻliq ravishda qurib qoladi.

    Boshqa yangiliklar