Stomatit – og`iz bo`shlig`ida toshmalar paydo bo`lsa, sabzi sharbati ichish yoki xomligicha tanovul qilish tavsiya etiladi.
Emizikli ayollarga – kunora sabzi sharbatini ichib turish sut miqdorini ortishiga sabab bo`ladi. Shu bilan birga sut sifati ham yaxshinaladi.
Hazm faoliyati – xom sabzi ovqat hazm bo`lishini faollashtirib, oshqozonda og`irlik paydo bo`lishidan himoya qiladi. Tanovuldan so`ng bitta sabzi iste`mol qilish maqsadga muvofiqdir.
Kamqonlikda – kattalar va bolalar uchun birdek foydali. Yangi tayyorlangan sabzi sharbatini chanqoqbosdi ichimlik sifatida ham, kamqonlikka davo o`rnida ham qabul qilish mumkin.
Qomat ixchamligi uchun – kun davomida sabzi va qizil lavlagi sharbati aralashmasidan 2 st. ichish kerak. Bu vaqtda yog`li, qattiq qovurilgan mahsulotlar tavsiya etilmaydi.