Markaziy bank 17 noyabrdan amal qiladigan valyuta kurslarini e'lon qildi.
Yangi ma'lumotlarga ko'ra, dollar qiymati 54,51 so‘mga oshib, 12 039,61 so‘mni tashkil etdi.
Yevro 69,34 so‘mga qimmatlashib — 13 992,43 so‘m, rubl esa 0,31 so‘mga ko‘tarilib — 149,17 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar 3 kunlik pasayishdan so‘ng 11 985,10 so‘mga ko‘tarilgan edi.
Oktyabr oxirlaridan buyon valyuta kursi uch marta 12 ming so‘mdan pastga tushgan edi.






