AsosiySIYOSAT

O'zbekiston va Albaniya munosabatlari yangi bosqichga chiqmoqda

Uchrashuvda ikki mamalakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi yoʻnalishlarda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

'O'zbekiston va Albaniya munosabatlari yangi bosqichga chiqmoqda'ning rasmi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay o‘rtasida rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi yo‘nalishlarda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar avvalidayo Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Albaniya munosabatlari tarixida birinchi marta davlat rahbarlari darajasida sammit o‘tkazilayotganini ta’kidlab, mazkur tashrif ikki tomonlama aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishini qayd etdi.

Tom onlar keyingi yillarda siyosiy muloqot va turli darajadagi aloqalar sezilarli faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik ham yuqori baholandi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish, agrosanoat majmuasi, "yashil" energetika, geologiya, axborot texnologiyalari, raqamlashtirish va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va O‘rta Yer dengizi mamlakatlari bozorlariga yetkazib berishda Albaniyaning Durres porti imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollari muhokama qilindi.

Tom onlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning huquqiy bazasini kengaytirish muhimligini ta’kidlab, Hukumatlararo komissiya tashkil etishga kelishib oldi. Komissiyaning birinchi yig‘ilishi joriy yilda Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik doirasida esa o‘zaro Madaniyat kunlari, kino namoyishlari, ko‘rgazmalar va ijodiy tashriflarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Qayd etilishicha, mazkur muzokaralar O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar