Politico‘ning yozishicha, AQSh prezidenti Donald Trump Oq uyda o‘tkazilgan marosimda Saudiya Arabistonini "NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchi" sifatida tan olganini e’lon qildi. Qirollik shu tariqa ushbu maqomga ega bo‘lgan 19 davlat qatoriga qo‘shildi.
Trumpning aytishicha, AQSh va Saudiya o‘rtasida keng qamrovli mudofaa bitimi imzolangan. Uchrashuvda Saudiyaaning AQSh iqtisodiyotiga 1 trillion dollar sarmoya kiritishi, shuningdek, 140 milliard dollarlik Amerika qurol-aslahasi va mudofaa xizmatlarini xarid qilishi haqida ham ma’lum qilindi.
Prezident Saudiyaaning Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirishdagi roliga alohida to‘xtalib, G‘azodagi mojaroni tugatish bo‘yicha qabul qilingan BMT rezolyutsiyasi Saudiya ishtirokidagi sa’y-harakatlar samarasi ekanini qayd etdi.
Valiahd Muhammad bin Salmon esa AQSh bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlab, imzolangan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashini bildirdi.






