“Ma’rifat aks-sadosi” turkum filmlarida u yurtimizning buyuk daholari — Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy va Amir Temur haqida butun dunyoga hikoya qiladi. Maxatma Gandi, Ibn Sino hamda “Fors shahzodasi” filmida Nizom obrazlarini yaratgan afsonaviy aktyor Sharqning ulug‘ merosi ovoziqa aylandi.
“Ma’rifat aks-sadosi” — bu buyuk tsivilizatsiyalar ovozidir. Muharam Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston bugun jahon tamaddunining taraqqiyot yo‘lini o‘zgartirgan buyuk siymolarni dunyoga yana bir bor eslatmoqda. Biz buyuk shaxslar, tsivilizatsiyalar va kashfiyotlar haqida — dadil, yo‘rqin va zamonaviy tarzda so‘zlash, dunyoni ilhomlantirish niyatidamiz”, — deydi Islom tsivilizatsiyasi markazi direktori va WOSCU raisi Firdavs Abduxoliqov.






