AsosiyJamiyat

Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi

"Volgograd-Toshkent" yo'nalishida harakatlanib kelayotgan poezd Qoraqalpog'istonda tekshirilganda 2 ta vagonda noqonuniy tibbiy buyum va dorilar borligi aniqlandi.

'Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi'ning rasmi

DXX axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanasiga qarshi kurashish yo‘nalishida bojxona idoralari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Xususan, “Volgograd - Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan poezd “Qoraqalpog‘iston - temir yo‘l” xalqaro o‘tkazish punktida tekshirilgan.

Natijada 7-vagon kuzatuvchisi bo‘lgan – Samarqand shahrida yashovchi, 1981 y.t. shaxs tomonidan vagonning havo aylantirish shaxtasiga yashirib qo‘yilgan, taxminan 913 mln so‘mlik 30 turdagi 2742 dona stomatologik buyumlar, implantlar va uskunalar borligi aniqlanib, rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, poezdning 12-vagonida ham shunga o‘xshash holat aniqdanib, vagon kuzatuvchisi bo‘lgan – Toshkent shahrida yashovchi, 1976 y.t. fuqaro tomonidan bojxona ko‘rigidan yashirin ravishda olib kiritilgan, taxminan 1,5 mlrd so‘mlik 12 turdagi jami 894 dona dori vositalari hamda tibbiy anjomlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, vagon kuzatuvchilari moddiy manfaatdorlik evaziga tibbiy buyum va dori vositalarini Toshkent shahriga yetkazib berishlari kerak bo‘lgan.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmogda, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasida aviaqatnov tiklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:07

    Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasida aviaqatnov tiklandi

    14 apreldan Uzbekistan Airways Toshkent — Tel-Aviv yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni qayta tiklandi.

    'Dono Boboxanova 80 yoshda vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:25

    Dono Boboxanova 80 yoshda vafot etdi

    Бу ҳақда Ўзбекистон давлат драма театри хабар берди.

    'Ochiqlik indeksida eng past natijani ayrim hokimliklar qayd etdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:18

    Ochiqlik indeksida eng past natijani ayrim hokimliklar qayd etdi.

    2025 yil yakunlariga ko‘ra, bir qator davlat organlari va tashkilotlari “qizil” toifaga kiritildi.

    'Toshkent metrosida poezd eshigi ochiq holda harakatlanganligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:48

    Toshkent metrosida poezd eshigi ochiq holda harakatlanganligi aniqlandi

    Hodisa yuzasidan “Toshkent metropoliteni” rasmiy izoh berib, mashinistga nisbatan intizomiy chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

    'Toshkent viloyatida yirik miqdorda sintetik narkotiklar musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:40

    Toshkent viloyatida yirik miqdorda sintetik narkotiklar musodara qilindi

    Har ikkala holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

    'Toshkentda ayolga nisbatan noʻrin harakat qilgan erkak 3 sutkaga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:22

    Toshkentda ayolga nisbatan noʻrin harakat qilgan erkak 3 sutkaga qamaldi

    Toshkent shahrida 27 yoshli erkak ayolga nisbatan shahvoniy harakatlar sodir etgani uchun jazolandı.