Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar chog‘ida ikki fuqaroning yashash xonadonlaridan jami 7 kg 326 gramm “marixuana” moddasi topildi. Zangiota tumanida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan A.A.ning uyidan 5 kg, Qibray tumanida istiqomat qiluvchi 1974 yilda tug‘ilgan D.A.ning uyidan esa 2 kg 326 gramm giyohvandlik vositasi olingani ma’lum qilindi.
Tekshiruvda ularning giyohvand moddalarni uy sharoitida yetishtirib, savdo qilish maqsadida saqlab kelganlari aniqlangan. Har ikkisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Yana bir holatda Rossiyadan olib kirilayotgan sintetik narkotik moddalar DXX va Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan “Navoiy” chegarа bojxona postida to‘xtatilgan. Qozog‘istondan kirib kelgan, 1989 yilda tug‘ilgan A.A. va 1994 yilda tug‘ilgan M.A.ga tegishli bo‘lgan ikkі dona reduktor ichidan 4 kg 965 gramm “klefedron” aniqlangan.
Toshkent shahrida ushbu modda qabul qilib olinganidan keyin ularga aloqador yana 3 nafar shaxs – E.B., I.I. va O.J.lar qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, giyohvand moddalar turli messenjerlar orqali Rossiya Federatsiyasi fuqarosi tomonidan yuborilgan.






