AsosiyJINOYAT

Farg‘ona va Xorazmda yirik miqdordagi giyohvand moddalar musodara qilindi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, mazkur narkotik moddalar Rossiya Federatsiyasidan kontrabanda yo'li bilan olib kirilgan.

'Farg‘ona va Xorazmda yirik miqdordagi giyohvand moddalar musodara qilindi.'ning rasmi

Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Buvayda tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Marg‘ilon – Buvayda” yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomashina to‘xtatilgan.

Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketgan Qo‘shtepa tumanida yashovchi shaxsning yonidan 1 kilogramm 187 gramm “gashish” giyohvandlik vositasitopilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Yana bir holatda DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi, ichki ishlar va bojxona organlari hamkorligida Urganch shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida 1995 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsning yonidan hamda u vaqtincha yashab turgan xonadondan jami 620 gramm “gashish” va 297 gramm “mefedron” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur narkotik moddalar Rossiya Federatsiyasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Aybdorlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy chora ko‘riladi.

    Boshqa yangiliklar