AsosiyDunyo

Har 10 daqiqada bir ayol yaqinlari tomonidan o'ldiriladi

BMt ma'lumotiga ko'ra, o'tgan yili dunyo bo'ylab 83 ming ayol va qiz qasddan o'ldirilgan.

'Har 10 daqiqada bir ayol yaqinlari tomonidan o'ldiriladi'ning rasmi

Hisobotda aytilishicha, o‘ldirilgan ayollarning 60 foizi — 50 ming nafari — ular bilan birga yashagan erkaklar yoki oila a’zolari qo‘lidan halok bo‘lgan. Erkaklar o‘rtasida bu ko‘rsatkich atigi 11 foizni tashkil qiladi.

BMT eng yuqori ko‘rsatkich Afrikada qayd etilganini bildiradi — har 100 ming ayolga 3 ta o‘lim to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinda Amerika mintaqasi turadi.

Germaniya ham o‘z yillik statistik ma’lumotlarini e’lon qildi. 2024 yilda mamlakatda zo‘ravonlik oqibatida 308 nafar ayol va qiz halok bo‘lgan. Shulardan 191 holatda jinoyatchi turmush o‘rtog‘i, sobiq sherigi yoki oila a’zosi bo‘lgani ma’lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar