AsosiyJamiyat

Iflos havo homiladorlarga ikki baravar zarar yetkazmoqda

Mutaxassislar iflos havodagi zarrachalar ona qoni orqali homilaga tez etib borayotganini bildirdi.

'Iflos havo homiladorlarga ikki baravar zarar yetkazmoqda'ning rasmi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda havoning sifatiqa oid xavotirli ma’lumotlar ko‘paydi. Mutaxassislarning aytishicha, PM2.5 va PM10 zarrachalari nafaqat katta yoshdagilarga, balki aynan homilador ayollar organizmiga ikki karra kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Homiladorlik davrida ayolning kislorodga ehtiyoji ortgani sababli zararli zarralar o‘p‘kadan qonga tezroq o‘tadi va homilaga yetib borishi osonlashiadi.

Iflos havoning homila uchun eng xavfli oqibatlari sifatida erta tug‘ruq, past vazn bilan tug‘ilish, platsenta faoliyatining buzilishi, asab tizimi rivojlanishidagi o‘zgarishlar va boshqa tug‘ma muammolar qayd etilmoqda.

Shuningdek, havosi og‘ir hududlarda homilador ayollarda preeklampsiya, yuqori qon bosimi va immunitet pasayishi kabi xavflar ham ortishi kuzatilgan.

Shifokorlar bunday sharoitda homilador ayollarga ko‘chaga kam chiqish, uyda havo tozalagichlardan foydalanish, N95 yoki KN95 niqoblarini taqish va shifokor kuzatuvini kuchaytirishni tavsiya qilmogda.

    Boshqa yangiliklar