AsosiyDunyo

Prezident Javohir Sindorovga uy sovgʻa qildi

Bunga prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

'Prezident Javohir Sindorovga uy sovgʻa qildi'ning rasmi

Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi Javohir Sindorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Prezident sovg‘asi — 3 xonali xonadon bilan taqdirlandi.

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. Sportchi murabbiylari esa pul mukofotlariga sazavor bo‘ldi.

Shuningdek, milliy terma jamoa a’zosi Javohir Sanjarbekovich Sindorovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik iqtidorli shaxmatchi Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi finalida xitoylik grossmeyster Vey Yini tay-breykda 1,5:0,5 hisobida mag‘lub etib, mamlakatimiz tarixida birinchi bo‘lib usbu musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Sindorov musobaqa davomida Nikita Petrov, Nikolas Teodoru, Yu Yangyi, Frederik Svane, Xose Martinez Alkantara va Nodirbek Yo‘qubboyev kabi kuchli raqiblarni yengib, finalgacha yetib keldi.

Uning usbu muvaffaqiyati Javohir Sindorovga 2026 yil mart oyida o‘tkaziladigan nomzodlar turnirida ishtirok etish imkoniyatini beradi.

    Boshqa yangiliklar