Siz o‘z ishingizga vaqt, tajriba va kuch sarflaysiz. Ammo ba'zida birgina g‘oyaning o‘zi yetarli bo‘lmaydi — tovarni tezda xarid qilish, uskunani yangilash, kutilmagan xarajatni yopish yoki mavsumiy buyurtmani vaqtida qabul qilishga to‘g‘ri keladi.
Eng kerakli pallada pulni "keyin emas, hozir" olish muhim. Va bu jarayon hujjat yig‘ish, kafil topish yoki uzoq kutish marafoniga aylanishi shart emas.
TBC Business sizga kerakli mablag‘ni keraksiz hujjatlarsiz olish imkoniyatini beradi. 300 million so‘mgacha bo‘lgan kredit — garovsiz va bankka bormasdan, to‘liq onlayn. Qaror esa uch ish kunida chiqadi.
Shartlar:
-
Kredit miqdori: 300 million so‘mgacha;
-
Muddati: 3 oydan 36 oygacha;
-
Yillik foiz stavkasi: 33 foizdan 38 foizgacha
*Aniq shartlar — jumladan kredit summasi, foiz stavkasi va muddati — kompaniyangiz faoliyati tahlili va skoring natijalaridan so‘ng belgilanadi. Kredit shartlari: https://minio.tbcbank.uz/web-tbcbank-uz-strapi-admin-cms/uploads/infolist-business-uzb.pdf
Nega bu kichik va o‘rta biznes uchun samarali yechim
Garov va ortiqcha qog‘ozbozliksiz. TBC Business biznesingizni hotirjam rivojlantirish yo‘lida muhim narsalarga e‘tibor qaratishga yordam beradi.
Onlayn format vaqtingizni tejaydi. Arizani TBC Business shaxsiy kabinetingiz orqali yo‘lga vaqt sarflamasdan, navbat kutmasdan topshirishingiz mumkin. Mablag‘ esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank hisob raqamingizga tushadi.
Qaror oylarda emas, ish kunlarida chiqadi. Tezkor qaror sizga foydali xaridni qo‘ldan boy bermaslik yoki yirik buyurtmani rad etmaslik imkoniyatini beradi.
Kreditni atigi 3 bosqichda rasmiylashtirish mumkin:
-
TBC Business’da hisob oching;
-
Shaxsiy kabinetda kredit olish uchun arizani to‘ldiring;
-
Qaror chiqqach, pul hisobingizga tushadi.
Shaxsiy kabinet orqali kreditni qaytarish juda oson — "Kreditlar" bo‘limida ko‘rinadi, va bank bu operatsiyalar uchun hech qanday komissiya olmaydi.
Bu amaliyotda qanday ishlaydi
Shamsher Chorshanbiyev, Kotta Bola taksoparki asoschisi, u ham ko‘plab tadbirkorlar duch keladigan oddiy muammo bilan yuzlashdi: biznes o‘sishi bilan qo‘shimcha mablag‘iga ehtiyoj tug‘ildi. Shu paytda u yordam uchun TBC Business murojaat qildi.
"To‘g‘risi, dastlab bu xizmatning ishlashiga ishonmagan edim. Lekin hisob ochib, ariza topshirdim va bir necha kundan so‘ng mablag‘ hisobimga tushdi. Qo‘llab-quvvatlash 24/7 ishlaydi, hammasi onlayn va navbatsiz. Bu esa ‘Kotta Bola’ning rivojlanishini ancha tezlashtirdi", – deydi Shamsher Chorshanbiyev.
Agar sizga ham, xuddi Shamsher kabi, biznesingiz uchun pul shu yerda va hozir kerak bo‘lsa, TBC Business yordam beradi. Hisob ochish va kredit uchun ariza topshirish havola orqali amalga oshiriladi.






