AsosiyJamiyat

Surxondaryoda qoʻshxotinlik qilgan erkak 37 mln jarima toʻlaydi

Shuningdek, erkak axloq tuzatish ishlariga mahkum etilgan.

'Surxondaryoda qoʻshxotinlik qilgan erkak 37 mln jarima toʻlaydi'ning rasmi

Muzrabot tumanida yashovchi fuqaro M.B. qonunni yaxshi bilsa-da, oilali bo‘lishiga qaramay ikkinchi ayolni uyiga olib kelib, u bilan er-xotin sifatida yashay boshladi. Bu holat erkakning birinchi xotiniga yo‘qmadi albatta. 

Ayol qancha qarshilik qilmasin, fuqaro M.B. tomonidan doimiy bosim va zoravonlikka duch keldi. Voqeadan xabardor bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishni sudga oshirdi

Sud hukmiga ko‘ra, fuqaro M.B. axloq tuzatish ishlariga mahkum etilib, 37 million 500 ming so‘m miqdorida jarima to‘lashga majbur qilindi.

Ammo u jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lamadi. Shundan so‘ng, Majburiy ijro byurosi ishga kirishdi. fuqaro M.B.ning “Malibu” rusumli avtomashinasi xatlovga olindi va qarz so‘ndirilmasa, auktsion orqali sotilishi haqida ogohlantirildi.

Mashinasidan ayirilish havfini his etgan fuqaro M.B. “mol achchig‘i jon achchig‘i” degan gapning ma’nosini yaxshi tushundi — bir kunda barcha jarimani hamda ijro yig‘imini to‘lab berdi.

    Boshqa yangiliklar