AsosiyDunyo

Rossiyaning eng yangi "Sarmat" raketasi sinov chogʻida portladi

Orenburg yaqinidagi "Yasniy" bazasida sodir boʻlgan portlash Rossiyaning koʻp yillardan beri ishlab chiqayotgan "Sarmat" qitʼalararo raketasining navbatdagi muvaffaqiyatsiz sinovi ekani aytildi.

'Rossiyaning eng yangi "Sarmat" raketasi sinov chogʻida portladi'ning rasmi

28 noyabr kuni “Yasniy” shahri yaqinida joylashgan strategik raketa bazasida kuchli portlash yuz berdi. “The Moscow Times” yozishicha, guvohlar tasvirlagan videoda raketaning shaxatdan ko‘tarilib, havoda yonib ketgani va yerga qulashi, so‘ng binafsha tusli ulkan bulut hosil bo‘lgani aks etgan. BMTning qurolsizlanish bo‘yicha tadqiqotchisi Pavel Podvig portlagan raketa sath jihatdan “Sarmat” ekanini bildirdi. Rossiya usbu raketani 2013-yildan beri ishlab chiqmoqda, ammo u bir necha bor sinovdan muvaffaqiyatsiz o‘tgan. O‘tgan yilgi sinovda ham raketa uchirilgan zahoti portlab, katta krater hosil qilgan edi. Fransiya Strategik tadqiqotlar jamg‘armasi eksperti Etien Markuskaga ko‘ra, harbiylar raketani joriy yil yakunigacha sertifikatlashga shoshilmogda, biroq ketma-ket nosozliklar bunga imkon bermayapti. Bu safargi sinovda raketa shaxatdan atigi 1 km uzoqlikda yerga qulagani aytilmogda. Ba’zi ekspertlar raketaning “Sarmat” emas, eski “Voevoda” bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmayapti. Biroq mutaxassislarning aksariyati videoda ko‘rinadigan “sovuq uchirish” usuli “Sarmat”ga xos ekanini ta’kidlagan. Kuzatuvchilar fikricha, portlash “Sarmat” dasturining navbatdagi ortga siljishi bo‘lib, Prezident Putinning raketani 2025-yilda qo‘shin tarkibiga topshirish haqidagi va’dasi real bo‘lmasligi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Quyuq tumanning kuchayishiga havo ifloslanishi sababmi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:23

    Quyuq tumanning kuchayishiga havo ifloslanishi sababmi?

    Ko'pchilikni qiziqtirgan savolga Maxsus komissiya javob berdi.

    'Hokim yordamchishi ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, pora talab qilganlikda ayblanib ushlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:13

    Hokim yordamchishi ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, pora talab qilganlikda ayblanib ushlandi

    Nurafshon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi fuqaroni mansabdor tanishlari orqali viloyat boshqarmasiga ishga joylab qo‘yishni va’da qilgani, buning evaziga esa 2 ming dollar talab qilgani aytilmoqda.

    'Indoneziyada dahshatli suv toshqini kuzatilmog‘da'ning rasmi

    Dunyo 30.11.2025 21:19

    Indoneziyada dahshatli suv toshqini kuzatilmog‘da

    Qurbonlar soni keskin oshib bormoqda. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, suv toshqinlari va ko'chqinlar oqibatida qurbon bo'lganlar soni 450 nafarga yaqinlashgani aytildi.

    'Netanyahu Isroil prezidentidan afv soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 30.11.2025 18:03

    Netanyahu Isroil prezidentidan afv soʻradi

    Netanyahu Isroil prezidentidan korrupsiya ishi bo‘yicha uni afv etishni so‘ragan.

    'AQSHda Covid-19 vaktsinasidan 10 nafar bola vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo 30.11.2025 14:43

    AQSHda Covid-19 vaktsinasidan 10 nafar bola vafot etdi

    Covid-19 vaksinasini olgan o‘n nafar go‘dak hayotdan ko‘z yumdi.

    'Trump Venezuela uzra havo hududi yopilishi e'lon qildi'ning rasmi

    Dunyo 30.11.2025 13:31