AsosiyBu qiziq

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank 2 dekabr kuni amalda bo‘ladigan valyuta kurslarini e’lon qildi.

'Dollarning rasmiy kursi pasaydi'ning rasmi

Markaziy bankning yangi ma’lumotlariga ko‘ra, 2 dekabr uchun belgilangan rasmiy kursda AQSh dollari 45,38 so‘mga arzonlashib, 11 895,57 so‘mni tashkil etdi.

Evro qiymati 11,73 so‘mga oshib, 13 826,22 so‘mga yetgan. Rossiya rubli esa 0,30 so‘mga ko‘tarilib, 152,98 so‘m bo‘lgan.

Shu tariqa dollar kursi ketma-ket ikki kunlik o‘sishdan so‘ng pasayishga o‘tdi — 30 noyabrda u 11 940,95 so‘mga chiqib olgandi.

Markaziy bank statistikasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida so‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kursi 7 foizga mustahkamlanga. Shu davr ichida valyutaga talab 24 foizga, taklif esa 26 foizga oshgan.

Aholi o‘tgan 10 oy davomida tijorat banklariga 17,4 mlrd dollar sotgan — bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,3 barobar ko‘pdir.

    Boshqa yangiliklar