AsosiyBu qiziq

Dollar kursi yana tushdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3 dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

'Dollar kursi yana tushdi'ning rasmi

Unga ko‘ra:

dollar 14,64 so‘mga pastlab, 11 880,93 so‘m bo‘ldi;

yevro 31,27 so‘mga tushib, 13 794,95 so‘m bo‘ldi;

rubl 0,30 so‘mga ko‘tarilib, 153,28 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq ham dollar kursi ketma-ket ikki ish kuni ko‘tarilganidan so‘ng pastlab, 11 895,57 so‘m bo‘lgandi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning  11 oyi davomida milliy valyuta dollarga nisbatan 7,88 foiz, ya’ni 1018 so‘mdan ko‘proqqa mustahkamlandi.

2025 yil yanvar–oktyabr oylarida so‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kursi 7 foizga mustahkamlangandi. 

    Boshqa yangiliklar