Amerikalik mashhur qo‘shiqchi va aktrisa Miley Cyrus The Regrets guruhining sobiq a’zosi Maks Morando bilan turmush qurayotganini tasdiqladi. Bu haqda yulduz o‘z vakillari orqali ma’lum qildi.
Yaqinda ular rejissyor Jeyms Kameronning “Avatar: olov va kul” filmi taqdimotida birga ko‘rinish bergan, muxlislar esa Miley qo‘lidagi nikoh uzugini payqab, shubhalarni kuchaytirgandi.
Agar nikoh rasman qayd qilinsa, bu Miley uchun ikkinchi turmush bo‘ladi. U avval avstraliyalik aktyor Liam Hemsvort bilan turmush qurgan, ammo ular og‘ir ajrashuvdan so‘ng yo‘llarini ajratgan.
Xonandaning dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan Flowers (“Gullar”) qo‘shig‘i aynan Hemsvort bilan munosabatlaridan ilhomlangan edi.






