Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumanida havo ifloslanishini oldini olish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida guruh rahbari tuman hokimining ko‘rsatmasi bilan umumiy ovqatlanish ob’ektlaridagi tandirlarga zarar yetkazilganligi aks etgan videolavhalar tarqalmogda.
Andijon viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, usbu holat zudlik bilan o‘rganilib, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan tuman hokimiga intizomiy jazo chorasi sifatida "hayfsan" berildi.
Bunday holatlarni takrorlamaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi.






