Qashqadaryo viloyatida yo‘l-patrul xizmati inspektori shaxsi va obro‘yiga putur yetkazish maqsadida videomaterial tarqatgan ikki nafar shaxsga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llandi.
Rasmi ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolardan biri 10 sutkaga, boshqasi esa 7 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan.
Mazkur holat huquq-tartibot organlari tomonidan o‘rganilib, qonun doirasida tegishli chora ko‘rilgani aytilmoqda.
Mutasaddiylar fuqarolarga murojaat qilib, har qanday shaxsni ataylab obro‘sizlantirish yoki yolg‘on ma’lumot tarqatish qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi.






