AsosiyJamiyat

"TEXNOPARK" MChJ rahbariga havoni ifloslantiryotganligi sababli chora koʻrildi

Korxonada chang-gaz tozalash uskunasi bo‘lsa-da, u me’yordan ortiq chiqindilarni havoga chiqarayotgani, ekologik ekspertiza xulosasi olinmaganligi aniqlandi.

'"TEXNOPARK" MChJ rahbariga havoni ifloslantiryotganligi sababli chora koʻrildi'ning rasmi

Toshkent shahrida atmosfera havosini ifloslantiruvchi I va II toifaga kiruvchi ob’yektlarda ekologik nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Monitoring jarayonida Yashnobod tumanidagi "TEXNOPARK" MChJga qarashli cho‘yan quyish sexi tekshirildi.

Tekshiruvda, korxonada chang-gaz tozalash uskunasi bo‘lsa-da, u me’yordan ortiq chiqindilarni havoga chiqarayotgani, ekologik ekspertiza xulosasi olinmaganligi aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzarliklar uchun korxona rahbariga belgilangan tartibda chora ko‘rildi va qo‘shimcha to‘lovlar hisoblandi.

    Boshqa yangiliklar