AsosiyDunyo

Hindistondagi tungi klubda 25 kishi halok boʻldi

Hindistonning Goa shtatidagi mashhur tungi klubda sodir bo'lgan yong'in oqibatida 25 kishi halok bo'lg'ani aytildi.

'Hindistondagi tungi klubda 25 kishi halok boʻldi'ning rasmi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati mashhur plyaj yaqinida joylashgan “Birch by Romeo Lane” tungi klubi xodimlaridir. Halok bo‘lganlar orasida sayyohlar ham bor.

Politsiyaning taxminicha, shanba kuni mahalliy vaqt bilan yarim tunda klub oshxonasida gaz balloni portlab, yong‘in kelib chiqqan.

Yakshanba kuni ertalab rasmiylar halok bo‘lganlar soni 23 dan 25 ga ko‘tarilganini aytdi.

“Yong‘in birinchi qavatdagi oshxona atrofida to‘plangan”, dedi mahalliy politsiya boshlig‘i Alok Kumar BBCga.

Jasadlarning aksariyati oshxona yonidan topilgan, “bu qurbonlar klub xodimlari bo‘lganini ko‘rsatadi”, deya qo‘shimcha qildi u.

Goa bosh vaziri Pramod Savantning jurnalistlarga aytishicha, uch kishi kuyish oqibatida halok bo‘lgan, qolganlari bo‘g‘ilib qolgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “uch-to‘rt” turist halok bo‘lgan; ularning yoshi va millati haliigacha noma’lum. Kasalxonada olti kishining ahvoli barqaror.

    Boshqa yangiliklar