Qarorga ko‘ra, binolar, yo‘llar va muhandislik tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish yoki buzish jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilar faqat chiqindilarni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxona yoki poligonlarga shartnoma asosida yuboriladi.
Qurilish loyihalarida chiqindilar hajmi, ularni to‘plash joylari va chang hamda yoqimsiz hidlarni bartaraf etish choralari majburiy ko‘zda tutiladi.
Shuningdek, xavfli qurilish materiallari muomalasini nazorat qilish tartibi joriy etiladi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi gazbeton mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha normativ hujjatlarni yangilaydi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 62 trillion so‘mga etkazilishi, 3,5 milliard AQSh dollari miqdorida investitsiya loyihalari amalga oshirilishi kutilmogda.






