AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobusda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi.

Jabralanuvchi hodisani telefoniga suratga olgan va sudda erkak o‘z aybini tan olmagan.

'Toshkentda avtobusda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi.'ning rasmi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida avtobusda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan Sh.J. 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi oldi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, hodisa 2025 yil 25 noyabr kuni Bog‘ishamol ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobusda sodir bo‘lgan.

Jabrlanganuvchi hodisani telefoniga suratga olgan va sudda erkak o‘z aybini tan olmagan.

Yunusobod tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi Sh.J.ni Ma’muriy javobgarlik kodeksining 41-1-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topdi.

    Boshqa yangiliklar